«BEY SHI»

«BEY SHI» («Shimol tarixi» yoki «Shimoliy sulolalar tarixi») — Xitoy sulolalari tarixi; 386-581 yillarda Shimoliy Xitoyda hukmronlik qilgan sulolalar: shimoliy Vey (386-535), Shimoliy Tsi (550577), Shimoliy Chjou (557 581) tarixini o’z ichiga oladi. Tan sulolasi tarixchisi Li Yanshou (596-678) tomonidan yozilgan. 100 Szyuan (qism yoki bo’lim) dan iborat. Unda Xitoydan shimoli g’arbda yashagan qadimgi turkiy qavmlar haqida ham boy ma’lumotlar saqlangan.