O’ZGARUVCHAN YULDUZLAR

O’ZGARUVCHAN YULDUZLAR — vaqt o’tgan sari ravshanligini davriy o’zgartiradigan yulduzlar. Ravshanliklari o’zgarishiga ko’ra, tutiluvchi va fizik turlarga bo’linadi. Tutiluvchi O’zgaruvchan yulduzlar umumiy og’irlik markazi atrofida aylanuvchi ikki yulduzdan iborat sistema bo’lib, ularning orbita tekisliklari kuzatish chizig’iga juda yaqin yotadi. Bunday yulduzlar bir-biridan juda kichik burchak masofada yotganidan ularni alohida-alohida ko’rib bo’lmaydi va ularning nurlanishi qo’shilib, bitta yulduzdek ko’rinadi. Bir yulduz ikkinchisini to’sishi natijasida bunday sistemaning ravshanligi kamayadi. Tutiluvchi O’zgaruvchan yulduzlarning ayrimlarida (masalan, Persey yulduz turkumining R si) tutilishdan boshqa paytda umumiy ravshanliklari o’zgarmay saqlanadi. Boshqa tur tutiluvchi O’zgaruvchan yulduzlarda (masalan, Liraning (3 si va katta ayiqning ¥ turida) esa sistemaning umumiy ravshanligi faqat tutilish paytidagina emas, balki tutilish kuzatilmagan paytda ham o’zgaradi. Galaktikamizda 3000 ga yaqin tutiluvchi O’zgaruvchan yulduzlar aniqlangan. Fizik O’zgaruvchan yulduzlar ravshanliklarining o’zgarishi shu yulduzlar qa’rida yuz beradigan fizik jarayonlar hisobiga bo’ladi. Ular o’z navbatida pulsasiyalanuvchi va eruptiv yulduzlarga bo’linadi. Pulsatsiyalanuvchi O’zgaruvchan yulduzlar ravshanliklarining bir me’yorda o’zgarishi bilan ifodalanadi. Bu turdagi O’zgaruvchan yulduzlarga davrlari uzunligi va ravshanliklari o’zgarish darajasi turlicha bo’lgan tsefeidalar, kk Lira turi, Savrning ku turi, kitning Mira turidagi O’zgaruvchan yulduzlar misoldir. Eruptiv O’zgaruvchan yulduzlar o’zgaruvchanligi vaqtivaqti bilan qaytalanuvchi chaqnash ko’rinishida bo’ladi. Bunday chaqnashlar ushbu yulduzlardan plazmaning uloqtirilishi bilantushuntiriladi. Eruptiv O’zgaruvchan yulduzlarning yarmidan ko’pi aravakash yulduz turkumining Klu turidagi yulduzlardir. O’zgaruvchan yulduzlarni kuzatishdan turli yulduz sistemalarining yoshi va boshqalar tafsilotlari ham aniqlanadi. Faqat tsefeidalartagina mansub «davryorqinlik» bog’liqlik ulargacha bo’lgan masafalarni juda aniq belgilash imkonini berdi. Galaktikaning uzoq joylarigacha bo’lgan masofalar ana shu usulda aniklanadi. Hozirgi zamon kuzatishlari qo’shaloq O’zgaruvchan yulduzlardan ba’zilari rentgen nurlari manbalari ham ekanini ko’rsatdi.