O’RAZAYEV SHAVKAT ZAKARIYEVICH
O’RAZAYEV SHAVKAT ZAKARIYEVICH (1927. 1.8, Chekmagushev tumani, Boshqirdiston) — huquqshunos olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1989), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1977). Yuridik fanlari Doktori (1962), professor (1965). Toshkent yuridik institutini tugatgan (1947). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi iqtisod, falsafa va huquq fanlari bo’limi akademik kotibi (1966— 70). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi a’zosi (1966-70 va 1989-93). O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat komiteti (1990-93), keyin esa Konstitutsiyaviy sudi raisi (1994). Toshkent yuridik institutining rektori (1994-95). 1996 yildan O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining professori. O’razayevning ilmiy ishlari davlat va huquq nazariyasi, Markaziy Osiyo va O’zbekistonda milliy davlatchilikning vujudga kelishi hamda rivojlanishi masalalariga bag’ishlangan. Respublikada yuridik fanlarining rivojiga va yuqori malakali huquqshunoslar tayyorlashga muayyan hissa qo’shgan. 1-chaqiriq O’zbekiston Oliy Majlisi deputati. Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili (1995). Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). As: hokimiyat va qonun, T., 1992; Mustaqil O’zbekistonning Konstitutsiyasi, T., 1994; Rimskoe pravo, T, 2000. O’raluvchi o’simliklar — poyasi bir tayanchga o’ralib o’suvchi o’tsimon yoki daraxtsimon o’simliklar.