O’RIK

O’RIK — ra’noguldoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi; mevali o’simlik. Vatani — O’rta Osiyo. Osiyoda 10 turi ma’lum. Oddiy O’rik (A. us1§ap8), Manchjuriya O’riki (A.taps)§pipsa), Sibir O’riki (A.8yztsa), David O’riki (A. (1au1alapa) va qora O’rik (A. yazusagra) turlari keng tarqalgan. Shimoliy Hindiston, Eron, Turkiya, Italiya, Ispaniya, shimoliy va Janubiy Afrika, Shimoliy Amerika mamlakatlari va Avstraliya, O’rta Osiyo, Zakavkaze hamda Rossiyaning Evropa qismi Janubda yetishtiriladi. O’rta Osiyoda va Xitoyda 5 ming yil, Janubiy Yevropada 2 ming yil oldin madaniylashtirilgan. 500 dan ortiq navi bor. Jahon bo’yicha yalpi hosili 2,7 million tonna. O’zbekistonda 35 ming tonna (1999), ekin maydoni jihatidan mevali daraxtlar orasida 4-o’rinni egallaydi. O’zbekistonda, asosan, oddiy O’rik turi ekiladi. Bo’yi 5-8 metr, shoxshabbasi keng. Bargi keng tuxumsimon, guli oq yoki pushti, barg yozishdan oldin ochiladi. Mevasi etli, yumaloq, tuxumsimon, oq, sariq, qizg’ish; danagidan ajraladigan va ajralmaydigan xillari bor, shirin, shirinnordon. Tarkibida 14-16% qand, 0,6— 1,2% olma, limon va boshqalar kislotalar, 28-31% quruq modda, S, RR vitamini, 0,38—1,27% pektin, 10 mg gacha karotin, danagi mag’zi shirin (ayrim navlariniki achchiq), tarkibida 29-58% yog’ bor. Yangiligida yeyiladi, turshak, bargak solinadi, konserva (murabbo, jem, kompot), qaysa qilinadi. Danagidan danaksho’rak tayyorlanadi, xalq tabobatida mevasi va turshagidan yurakqon tomir tizimi kasalliklarini davolashda foydalaniladi. O’rik yaxshi asal beruvchi daraxt, danagidan va payvand qilib ko’paytiriladi. Payvandtag sifatida yovvoyi O’rik, olcha, bodom va shaftolidan foydalaniladi. Hosildorligi 80-120 tsentner/gektar. Ekilganidan so’ng 4—5 yili hosil beradi, 15-17 yoshda to’liq hosilga kiradi. O’zbekistonda mart—aprelda gullaydi, naviga qarab may—iyulda pishadi. O’rik issiqsevar, yorug’sevar, qurg’oqchilik va issiqlikka chidamli, lekin namlik yetishmaganda hosilli vdoxlari meva tugmaydi. Gullagan paytda bahorgi qorasovuqlardan zararlanadi. Ko’chati kuzda va bahorda 6×8, ihota daraxti sifatida 4×6 metr sxemada ekiladi. O’rikka vazasimon yoki pog’onasimon shakl beriladi, bahorda bir yillik novdalarining 1/3, 2/3 qismi kesib turiladi. O’rik unumdor, serquyosh, bo’z hamda shag’altoshli sug’oriladigan yerlarda yaxshi o’sadi. O’zbekistondagi o’rikzorlarning asosiy qismi Farg’ona vodiysi va Zarafshon vohasida joylashgan, O’rta Osiyoda O’rikning 500 dan ortiq navlari va klonlari uchraydi. 20-asrning 30-yillaridan boshlab 40 dan ortiq xalq va ilmiy selektsiya navlari rayonlashtirilgan. O’zbekistonda O’rikning Ahroriy, Subhoniy, Gulungi luchchak, Mirsanjali, Ko’rsodiq, Xurmoi, Isfarak, javpazak, oq o’rik, Navoiy, Shalax, Ruhi Juvanon, Mohtobi va boshqalar ko’plab navlari ekiladi. Kasalliklari: kulrang chirish, klyasterosporioz, bakterial rak va boshqalar zararkunandalari: uzunburunlar, tillaqo’ng’izlar, o’rik filchasi, o’rik tunlami va boshqalar Ad.: Pomologiya Uzbekistana, T., 1983; Mirzaev M.M., Kultura abrikosa v Uzbekistane, T., 2002. Sulton Xolnazarov.