O’RTA ERON TOG’LARI
O’RTA ERON TOG’LARI — Erondagi tog’ sistemasi, Eron tog’ligining ichki qismida. Shimoli g’arbdan Janubi sharqqa 1000 kilometrga cho’zilgan, eni eng serbar joyida 300 kilometr. Aksari qismining balandligi 2000— 2500 metr, eng baland joyi 4420 metr (hazor cho’qqisi). Yirik tizmalari — Ko’hirud va Ko’hibenon. Tog’lar, asosan, cho’kindi va vulkan jinslaridan tuzilgan, qurum ko’p. Yillik yog’in 100-300 millimetr. Landshafti tog’ dashti va cho’ldan iborat. Tog’ oralig’idagi vodiylar to’qay chakalakzorlari, tog’tepalarida o’tloq va butazorlar bor. Daryo vodiylarida terak, tol, jiyda, yong’oq va boshqalar daraxtlar o’sadi. Chorvachilikda yaylov sifatida foydalaniladi.