CHALQAR

CHALQAR — Qozog’istondagi bir necha kul nomi. Eng yiriklari: 1) Chalqar (Charxal), Oqto’ba viloyatida, Uralsk shahridan 65 kilometr Janubda. Maydoni 190 kilometr kvadrat, uzunligi 18,6 kilometr, eni 14 kilometr, chuqurligi 13,5 metr. Suvi sho’rroq (yozda sho’r). Sholakonkat va Isenankat daryolari va yer osti suvlaridan to’yinadi. Ba’zan, solyanka daryosi orqali Ural daryosiga quyiladi. Baliq ovlanadi; 2) Chalqar (Shalqar) Qozog’istonning Ko’kchatov shahridan g’arbda joylashgan oqmas ko’l. Maydoni 40 kilometr kvadrat, chuqurligi 17 metr. Suvi sho’rroq.