CHALQARTENGIZ
CHALQARTENGIZ — Qozog’iston Respublikasi Oqto’ba viloyatidagi sho’rxok. Orol dengizining shimoli sharqidagi botiqsa. Maydoni 1800 kilometr kvadrat, uzunligi 74 kilometr, chuqurligi 3 metr. Qirg’oqlari past, yotiq, qumloq jinslardan tuzilgan. Tubi tekis, balchiq bilan qoplangan. Bahorda Chalqartengizga Irg’iz va To’rg’ay daryolari quyiladi va achchiqsho’r ko’lga aylanadi.