CHANA

CHANA, chena (rus. sani suzidan) — asosan, qor va muz sirtida sirpanib yuriladigan g’idtsiraksiz aravacha. Usti ochiq, yopiq (kajavali), soyabonli va boshqa xillari bor. Sirpang’ich yog’och (chang’i) ustiga o’rnatilgan korpusdan iborat. Ba’zan, sirpang’ich yog’och tagiga metall ham qoplanadi. Chanadan transport va sport vositasi, bolalar o’yinchog’i sifatida foydalaniladi. Chanani odam, ot, bugu, itlar va hatto g’ozlar tortib yurishi mumkin. Asosan, qish uzoq davom etadigan va qor ko’p yog’adigan shimol mamlakatlarida keng tarqalgan. Qadimgi Misr, rus va boshqa ba’zi mamlakatlarda Chana dafn marosimlarida ham qo’llanilgan. O’zbekiston hududida, asosan, bolalar va sport Chanasi ishlatiladi. Chananing 6 — 8 sportchiga mo’ljallangan «chanaqayiq» rusumli sport turi rezinapolimer materiaddan tayyorlanadi.