CHAROS

CHAROS — erta o’rtapishar mahalliy, xo’raki uzum navi. O’rta Osiyoda keng tarqalgan. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli o’sadi. Bargi yirik, to’garak, o’rtacha va kam kertikli, usti to’q, orqasi och yashil, tuksiz. Guli funktsional urg’ochi. Uzum boshi o’rtacha va yirik, tig’iz, 300-400 gramm. G’ujumi yirik, dumaloq tuxumsimon, ko’kimtir qora, seret, shirin, pusti qalin. Tarkibida qand miqdori 21-23%, nordonligi 5,5 — 8%, iyul-avgustda pishadi. Hosildorligi 80-100 tsentner/gektar. Asosan, yangiligida yeyiladi. Rag’aga chidamsiz. Toshkent, Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlarida ekiladi. Charos uzum navi.