CHARXLASH STANOGI

CHARXLASH STANOGI – kesuvchi asboblarni abraziv (jilvir) olmos doiralar bilan charxlaydigan silliklash guruhiga kiruvchi stanok. Keskichlar, parmalar, ko’p keskichli kesish asboblari, frezalar, zenkerlar, razvyortkalar, disk arralar, metchiklar va boshqalarni charxlaydigan maxsus Charxlash stanogi keng tarqalgan. Pichoq charxlovchi ustalar foydalanadigan Charxlash stanogining elektr dvigatel yordamida ishlaydigan yoki charxchining o’zi oyog’i bilan harakatlantiradigan turlari bor. Bundan tashqari, abraziv doirasiz charxlaydigan anodmexanik, elekgruchqunli va ultratovushli Charxlash stanogi ham ishlatiladi. Charxlash buriluvchi stol yoki keskichni kerakli burchakka burishga imkon beradigan moslama yordamida bajariladi. Lentali yoki diskli arralarni charxlash uchun avtomat usulda ishlaydigan Charxlash stanogidan foydalaniladi. Ro’zgorda dastaki Charxlash stanogidan foydalaniladi.