CHEKKA BUKILMALAR

CHEKKA BUKILMALAR – yer po’stining bukilmalari bo’lib, geosinklinal rivojlanishining kechki bosqichida, geosinklinal bilan platformalar oralig’ida hosil bo’ladi. Chekka bukilmalarning, asosan, palaxsali burma va diapirli gumbaz ko’rinishidagi qatlamlari siljigan Laguna va molassli formasiyalarning cho’kindilari bilan to’lishi kuzatiladi. Chekka bukilmalarda ko’mir, neft, tabiiy gaz va tuz konlari ko’plab uchraydi.