CHENLA

CHENLA — ilk o’rta asrlar (6-asr o’rtasi — 8-asrlar) da Mekong daryosi o’rta oqimi bo’ylarida yashagan monkxmer qabilalari birlashmasi. 8-asrda Chenlaning so’nggi hukmdori Malika Jayadeva davrida o’zaro raqobatda bo’lgan knyazliklarga parchalanib ketgan. Chenla xukmdori Ishanavarman I (7-asr boshi — taxminan 635) Funan viloyatini egallab, o’z hokimiyatini G’arbga, Angkor tomongacha tarqatgan hamda Stungsen daryosi bo’yida Chenla poytaxti — Ishanapur shahriga asos solgan. Chenla davridan g’ishtdan kurilgan ko’plab sajdagohlar, haykaltaroshlik namunalari, epigrafik yodgorliklar saqlanib qolgan. Chenlaning madaniy an’analari keyinchalik Kambudjadesha davlatida davom ettirilgan.