CHEPRAKOV KONSTANTIN PAVLOVICH

CHEPRAKOV KONSTANTIN PAVLOVICH (1907.13.9, Ukraina, Berdyansk shahri — 1972.31.5, Toshkent) — moybo’yoqchi rassom, grafik. O’zbekston xalq rassomi (1967). Rassomlikni mustaqil o’rgangan. 1933 yildan Toshkentda yashagan. Maishiy kartinalari («Dam olish kunida», «Pensionerlar», «Mehmondorchilikda» va boshqalar) da O’zbekiston manzaralari zaminida Baxtiyor hayotni ifodaladi. Moybo’yoq va akvarelda ham manzaralar tasviri («Chirchiq yo’lida tong» va boshqalar) ni yaratdi.