CHEREPITSA

CHEREPITSA (ruscha) — asosan, bino tomiga yopish uchun ishlatiladigan qurilish materiali. Cherepitsalarning aksariyati sopol va tsementkum qorishmasidan tayyorlanadi. Sopol Cherepitsalar 1000— 1100°S temperaturada kuydirish yo’li bilan, tsementqum qorishmali Cherepitsalar esa mexanik presslar yordamida tayyorlanadi. Cherepitsa nishabi kamida 30° li tom ustiga o’rnatilgan yog’och reykalarga birbiriga ilashtirib terib chiqiladi. O’zbekistonda kam tarqalgan, lekin keyingi yillarda plastmassa, metall va boshqa materiallardan tayyorlangan Cherepitsalar paydo bo’la boshladi.