CHERCHILL
CHERCHILL — Kanadaning Markaziy qismidagi daryo. Uzunligi 1400 kilometr (Biver irmog’i bilan birga 2000 kilometrdan ziyod). Havzasining maydoni 282 ming kilometr kvadrat. Buyuk tekisliklardan oqadi va keng o’zan hosil qilib Gudzon qo’ltig’iga quyiladi. Cherchill sistemasida ko’l ko’p. Yirik irmog’i — Biver. O’rtacha suv sarfi 1200 m3/sek., bahorda toshadi. Noyabrdan iyungacha muzlaydi. Suv omborlari va GES qurilgan. Kuyilish qismida Cherchill porti joylashgan.