CHEXLAR

CHEXLAR — xalq, Chexiyaning asosiy aholisi (9,55 million kishi 1990-yillar o’rtalari). Umumiy soni 10,38 million kishi. Chex tilida so’zlashadi. Dindorlar — asosan, katoliklar, protestantlar ham bor. Chexiya hududiga slavyanlar 5-6- asrlarda kelib o’rnashganlar. Yozma manbalarda ayrim Chex qabilalarining nomlari (chexlar, dudleblar, xorvatlar, luchanlar, zlichanlar, dechanlar, pshovanlar, litomerjisalar, xebanlar, glomachlar) saqlanib qolgan. 11-asrda Chexiya davlati hududida Chex elati shakllangan. An’anaviy mashg’ulotlari — dehqonchilik; chorvachilik ham muhim rol o’ynaydi. Xalq hunarmandchiligi rivojlangan. Chexlarning ko’pchiligi sanoatda band. Chexlarning milliy kiyimlari, an’anaviy hunarmandchiligi saqlangan.