CHIZMA GEOMETRIYA

CHIZMA GEOMETRIYA — geometriyaning fazoviy figuralarni tekislikda tasvirlash va ular yordamida fazoviy masalalarni yechish usullarini o’rganadigan bo’limi. Chizma geometriya insoniyatning amaliy faoliyatida asta-sekin vujudga kelgan; u inshootlar va mashinalarni loyihalashda, tasviriy san’at va boshqa sohalarda qo’llangan. O’rta Osiyo me’morlari xam gumbazli binolar, ko’priklarni loyihalashda geometrik shakllardan foydalanishgan. Hozir ham har xil geometrik shaklli bino va inshootlarni qurishda Chizma geometriya usullari keng qo’llaniladi. Fazoviy figuralarni tekislikda tasvirlashning 2 usuli bor: Markaziy proektsiyalash va parallel proektsiyalash. Masalan, narsalarning fotosuratlari va yorug’lik nurlaridan jismlarning tekislikda hosil bo’lgan soyalari Markaziy proektsiyalashdir. Markaziy proektsiyalash usuli bilan yasalgan tasvir perspektiva deb ataladi. Perspektivadagi tasvirda figuraning haqiqiy shakli va o’lchamlarini aniqlab bo’lmaydi. Parallel proyektsiyalashda Markaziy proyektsiyalashdagi proyektsiya markazi 5 cheksiz uzoqda deb faraz qilinadi. Parallel proyektsiyalashda proyektsiyalovchi to’g’ri chiziqlarning aniq yo’nalishi berilishi kerak. Quyosh yoki oy nuridan jismlar soyasining paydo bo’lishi parallel proyektsiyalashga misol bo’ladi. Figuralarni o’zaro perpendikulyar ikki tekislikka to’g’ri burchakli proektsiyalash ortogonal proektsiyalash deb ataladi. Ba’zan, chizmani mukammallashtirish maqsadida gorizontal va frontal tekisliklarning ikkalasiga ham perpendikulyar bo’lgan tekislik (Profil tekisligi) dan foydalaniladi. Ortogonal proektsiyalar vositasida chizmalar oson yasaladi, ortogonal proektsiyada (izometriyada) tasvirlangan narsa o’lchamlari (bo’yi, eni, balandligi) ni bevosita aniqlash mumkin. Lekin bunday chizma buyum to’g’risida yaqqol tasavvur bermaydi. Undan, ayniqsa, murakkab figuralarning fazoviy shakllarini ko’z oldiga keltirish qiyin. Shuning uchun narsaning ortogonal proyektsiyalash asosida yasalgan tasviri uning aksonometrik proektsiyasi bilan muhandislik qurilish ishlarida ko’pincha sonlar bilan belgilangan proektsiyalar deb ataluvchi usuldan foydalaniladi. Bunda nuqtalar proyektsiyalar tekisligiga orthogonal proektsiyalanib, proektsiya yoniga nuqtaning tekislikdagi vaziyatini ifodalovchi sonlar — balandliklar ko’yiladi. Bu chizma ayoniy bo’lishi uchun bir xil balandlikdagi nuqtalar orqali balandliklar chiziti o’tkaziladi. Agar yer sirtini (relefini) chizmada tasvirlash lozim bo’lsa, gorizontal proyektsiyalash tekisligidan foydalaniladi. Bunda sathchiziqlari gorizontallar deb ataladi. Gorizontallarning shakli va joylashishiga qarab yer sirtining tasvirlanayotgan qismi to’g’risida tasavvur hosil qilish mumkin. Gorizontallar tizimi yordamida sirtni bunday tasvirlash usuli topografik usul deb ataladi. Chizma geometriya usullari me’morlik, tasviriy san’at, texnika va boshqa sohalarda keng qo’llanadi.