CHO’NGARA-G’ALCHA GAZ-NEFT KONI
CHO’NGARA-G’ALCHA GAZNEFT KONI — Farg’ona viloyati Rishton tumanidagi kon. Qo’qon shahridan 35 kilometr Janubda, olay tog’larining tog’oldi qiyaliklaridagi G’alcha, Cho’ngara, shimoliy So’x antiklinallarida joylashgan. 1949 yilda ochilgan. 1950 yildan foydalanishga togapirilgan. Kon Cho’ngara va G’alcha strukturalarining Sharkiy periklinal botikligida joylashgan. Cho’ngara antiklinal strukturasi kichik bo’lib, baqgriyaso’x yotqiziqlari bo’yicha uzunligi 6 kilometr, eni 1,3 kilometr, asimmetrik tuzilishga ega, kenglik bo’yicha cho’zilgan. G’alcha strukturasi Cho’ngara strukturasiga nisbatan Janubroqda joylashgan bo’lib, subkenglik bo’yicha cho’zilgan gumbazi yassi va keng. Konda jami 118 ta burg’i qudug’i qazilgan bo’lib, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotqiziqlarini ochgan. 1958-60 yillarda Cho’ngara va G’alcha maydonlaridagi (4-gorizont) neft uyumi yaxlit ekanligi ma’lum bo’ldi. Konda sanoat miqyosida neft 4-gorizontda litologik to’silgan uyumda, gaz 5 va 7-gorizontlardagi uyumlarda mujassamlashgan. 4-gorizont mergel, angidrit, gillar bilan almashinib keladigan ohaktoshlardan tarkib topgan. Ular ostidagi mayda zarrali qumtoshlar ayrim joylarda qiyiqlanib, alevrolit yoki gil bilan almashinib keladi. Neft va gaz uyumlari aynan shu joyda qumtoshlarning litologik qiyiqlangan zonalarida joylashgan. 5-gorizont paleogen davrining Turkiston, 7-olay qatlarining yuqori qismidagi gil jinslar ichida ajratilgan, asosan, ohaktoshlardan va qisman mergel qatchalaridan tuzilgan. 5-gorizont 340-420 metr, 7-gorizont 405-467 metr chuqurlikda ochilgan. Hamma gorizont lardagi suvlar past darajada minerallashgan bo’lib, kimyoviy tarkibiga ko’ra, gidrokarbonatnatriyli va sulfatnatriyli tipga mansub. Kon zaxirasiga ko’ra, kichik konlar toifasiga kiradi. Kondan hozirgi vaqtda foydalanilmoqda.