CHIMQO’RG’ON MAKONI

CHIMQO’RG’ON MAKONI — chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan qabilalar qarorgohi (miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlari). Qashqadaryo viloyatidagi Chimqo’rg’on suv omborining Janub qirg’og’ida. Arxeolog Duke Xuan tomonidan topilgan (1970). 1972 yilning aprel—may oylarida tekshirilgan. Makonning katta qismi suv ostida qolib buzilgan. Tepalikda saklanib qolgan qismining sharqdan g’arbga tomon uzunligi 22-24 metr, eni shimoldan Janubga 7 metr, balandligi 1,6 metr. Chimqo’rg’on makonidan 7 mingga yaqin sopol parchalari, hayvon suyaklari, yorg’uchoq, jez parchasi va boshqalar topilgan. Sopol buyumlarning ko’pchiligi qo’lda yasalgan tuvak, tovoq va tovalardan iborat. Ba’zi idishlarga loy bo’lakchalari yopishtirib bezatilgan, ayrimlarida mato izlari saqlanib qolgan. Chimqo’rg’on makonining sopol buyumlari miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlari va 7-asrlarda chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan qabilalarning makonlaridan topilgan buyumlarga o’xshaydi.