CHUHRA
CHUHRA — Temuriylar, Shayboniylar davrida hukmdor saroyida xizmat qiluvchi xos maxram. Chuhralardan saroy qo’riqchilari, ya’ni hukmdorning shaxsiy gvardiyasi tashkil qilingan. Chuhralikka aslzoda, zodagon va yuqori tabaqa farzandlari jalb etilgan. Boburning ta’kidlashicha, Abu Sayd Mirzo saroyida 100 ta Chuhra xizmat qilgan, ularning 50 tasi Xuroson Chuhra tobini, qolgan 50 tasi esa Samarqand Chuhra tobini deb yuritilgan. Chuhralar, tabiiyki, hukmdor hokimiyatini asrash, unga sodiq qolish ruhida tarbiyalangan. Asosan, hukmdor qarorgohini qo’riqlash uchun xizmatga jalb etilgan. Chuhra zarur vaziyatlarda harbiy harakatlarda ham qatnashgan. Chuhralar xizmat chog’ida bevosita chuhra oqosi hamda chuhraboshiga bo’ysungan.