CHUQUR BOSMA

CHUQUR BOSMA (matbaada) bosma qolipning harf bosish elementlari asosiy sirtdan chuqurroq joylashganligi bilan tekis bosma va yuqori bosma usullaridan farq qiladigan bosma turi. Harf bosish elementlari qancha chuqur joylashgan bo’lsa, nusxa olishda qolipdan qog’ozga shuncha ko’p bo’yoq o’gadi. Chuqur bosma usulida bosilgan nashrlarda rangli yarimtonlar sifatli chiqadi. Chuqur bosmada dasturli rostlash qurilmasidan foydalaniladi. Odatda, Chuqur bosma rangli rasmlari ko’p jurnallar, fotoalbomlar, portretlar, kitoblarning rangli varaqlari va boshqalari bosish uchun ishlatiladi.