CHUMOLI KISLOTA
CHUMOLI KISLOTA — bir asosli oddiy karbon kislota, NSOON; o’tkir hidli rangsiz suyukdik; suyuqlanish temperaturasi 8,4°, qaynash temperaturasi 100,7°, zichligi 1,2126 g/sm3 (20°da). Suv, spirt va efir bilan yaxshi aralashadi. Alifatik uglevodorodlarda erimaydi, benzol, toluol va S14 da eriydi, suv bilan azeotrope aralashma (qaynash temperaturasi 107,3°; 77,5% Chumoli kislota) hosil qiladi. Badanga tegsa kuydiradi. Yog’ kislotalarining ichida eng o’tkiri. Qoraqarag’ay bargida, ba’zi mevalarda, asalari va chumolida bo’ladi (17- asrda dastlab chumolidan topilganligidan Chumoli kislota nomi berilgan). Chumoli kislota qizdirilganda SO2 va N2 ga ajraladi. Butanning suyuq fazada oksidlanishi natijasida va sirka kislota ishlab chiqarishda oraliq mahsulot sifatida hosil bo’ladi. Sanoatda qattiq NaOH bilan soni bir-biriga ta’sir ettirib hosil qilingan natriy formiat HCOONa ni sulfat kislota bilan parchalab olinadi. To’qimachilik sanoatida, teri oshlashda, katalizator tayyorlashda, murakkab efirlar sintezida, sharbatlarni konservalash va boshqalarda ishlatiladi.