CHULON
CHULON, shulon (tugun oshi) — o’tmishda qishloq jamoalarida o’tkazilgan xalq odati. Qishloq qariyalarining rahbarligi va ularning maslahati asosida o’tkazilgan. Chulonda o’ziga to’q xonadondan un, don (bug’doy, arpa, guruch, jo’xori, mosh, tariq), yog’ va boshqa mahsulotlar to’plab pishirilgan va qiynalib qolgan, kambag’al, beva bechoralarga tekinga ovqat tarqatilgan.