CHISTIKLAR

CHISTIKLAR (Alcidae) rjankasimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi, 22 turi bor. Haqiqiy dengiz kushlari. Og’irligi 80 grammdan 1,2 kilogrammgacha. Usti qora, qorni oq. Ikkala jins ham bir xil tusda. Tana tuzilishi suvda suzish va sho’ng’ishga yaxshi moslashgan. Oyoqlari qisqa, oldingi uch barmog’i suzg’ich parda bilan tutashgan. Tumshug’i har xil ko’rinishda. Juda tez uchadi. Chistik. Uchishda orqaga uzatilgan panjalari rul vazifasini bajaradi. Yerda beso’naqay va yomon yuradi; suv ostida qanotlari yordamida harakatlanadi. Urchish davrida boshida patli kokillar, tumshug’ida shoxsimon plastinka va o’smalar paydo bo’ladi. Chistiklar quruqlikka faqat tuxum qo’yish uchun chiqadi. Qoya yoriqlariga va boshqa joylarga uya quradi. Koloniya hosil qiladi. 1-2 ta tuxum qo’yadi. Tuxumini nari va modasi navbat bilan 24-35 kun bosadi. Mayda baliq, qisqichbaqalar, mollyuskalar, dengiz chuvalchanglari bilan oziqlanadi. Shimoliy Muz okeani, Yevropa, Osiyo hamda Amerikaning tinch va Atlantika okeanlari shimoliy qirg’oqlarida tarqalgan. Tuxumi va go’shti uchun ko’p ovlanganligi sababli kamayib bormoqda. Hozir tuxumini yig’ish taqiqlangan. Katta ahamiyatga ega bo’lgan qushlar bozori qo’riqxonalarga aylantirilgan.