DABIRISTON
DABIRISTON — 1) o’rta asrda O’rta Osiyo va Eron shaharlaridagi maktab. Bunday maktabda bolalar ozmiko’pmi dunyoviy umumiy ma’lumot olgan, odatda, mashhur shoirlarning devonlarini o’qib chiqqan, yozish va hisoblashni o’rgangan; 2) podshoh va xonlar huzurida ish yuritgan mirzaxona. Bu yerda maxsus kotiblar (dabirlar) tomonidan davlat maktubi, hujjatlari tuzilgan va tahrir qilingan, hisobchilar hisob-kitob ishlari bilan shug’ullangan.