DAVLAT KENGASHI

DAVLAT KENGASHI — 1) ayrim xorijiy mamlakatlar (Frantsiya, Ispaniya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Ekvador, Gresiya, Kolumbiya)da asosiy davlat muassasalaridan biri, u yo oliy ma’muriy Adliya organi, yo konstitutsiyaviy nazorat organi, yo bo’lmasa ba’zi mamlakatlarda bir vaqtning o’zida davlat boshlig’i huzuridagi maslahat organi hisoblanadi; 2) Shvesiya, Norvegiya, Finlyandiya, XXR, Koreya Respublikasida hukumatning rasmiy nomi; 3) 1810— 1906 yillarda Rossiya imperiyasida qonun chiqaruvchi oliy maslahat organi.