Qozog`iston
Rasmiy nomi — Qozog‘ iston Respublikasi. Poytaxti — Astana. Hududi — 2717300 km2. Aholisi – 18 mln.dan ortiq (2012-yil). Davlat tili — qozoq. Dini — islom (47%), pravoslav (44%), protestantlik (2%) Pul birligi — tenge. Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Osiyodagi davlat. Shimolda Rossiya (chegara uzunligi — 6846 km), janubda 0‘zbekiston (2203 km), Qirg‘iziston (1051 km) va Turkmaniston (379 km), sharqda Xitoy bilan chegaradosh. Qozog‘istonning g‘arbiy qismi Kaspiy dengizi, janubda Orol dengizi bilan tutash. Umumiy chegara uzunligi — 12012 km. Mamlakat hududi sharqda Oltoydan G‘arbda Volganing quyi qismigacha, shimolda G‘arbiy Sibir tekisligidan janubda Tyan-Shan togiarigacha cho‘zilgan. G‘arbda Kaspiybo‘yi pasttekisligi va Mang‘ishloq yarimoroli joylashgan. Shimoli g‘arb- da Ural va Mug‘ojar tizma tog‘larining janubiy tarmoqlari yotibdi. Mug‘ojardan shimoli sharqda To‘rg‘ay yassitog`ligi, janubda Turon pasttekisligi va Qizilqum cho‘li joylashgan. Sharqda va janubi sharqda Oltoyning janubiy tizmalari qad ko‘targan. Janubda Betpak-Dala va Muyunqum cho‘llari bor. Asosiy daryolari — Irtish, Ural, Chu, Sirdaryo. Qozog’iston hududida Balxash ko‘li va qisman Orol va Kaspiy dengizi joylashgan. Yerosti boyliklari ko‘plab foydali qazilmalarga boy: uran, rux, oltin, mis, molibden, neft, fosforit, boksit, temir, marganes, qo‘rg‘oshin. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezident respublikasi. Ma’muriy jihatdan 20 ta oblast (viloyat)ga bo‘linadi. Qozog‘iston o‘z mustaqilligini 1991-yil 16-dekabrda Sovet Ittifoqi tarqalgandan keyin e’lon qilgan. 16-dekabr — Milliy bayram — Respublika kuni. Davlat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organ — bir palatali parlament — Yuqori Kengash. Asosiy siyosiy partiyalari: Qozog‘iston xalq birligi ittifoqi (QXBI), Qozog‘iston sotsialistik partiyasi (QSP), Qozogiston xalq kongressi (QXK), Respublikachilar partiyasi.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. SSSR tarqalib ketganidan keyin Qozog‘istonda ishlab chiqarishning inqirozga yuz tutishi kuzatiladi. Lekin xomashyo zaxiralariga boyligi va ishlab chiqarish bazasiga ega ekanligi Qozog‘iston iqtisodiyotining boshqa MDH davlatlariga nisbatan yaxshiroq ahvolda bo‘lishiga yordam berdi. Birmuncha rivojlangan sanoat tarmoqlari: rangli va qora metallurgiya, tog‘-kon sanoati, mashinasozlik, neftni qayta ishlash sanoati. Qozog‘iston ko‘p miqdorda jun, paxta, kartoshka, g‘alla yetishtiradi. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston, Xitoy. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 14460 km, avtomobil yo‘llari — 189000 km. Tarixi. Hozirgi Qozog‘iston hududida turkiy qabi- lalar VI-VIII asrlarda Turk xoqonligi, IX-XII asrlarda Qoroxoniylar podsholigi hukmronligida yashaganlar. XIII asrda mo‘g‘ullar bosqinidan keyin Qozog‘iston Mo‘g‘ul imperiyasi tarkibiga kiritiladi. XIX asrda mamlakatni mustamlakaga aylantirish uchun harakat faollashadi, hozirgi Olma-Ota, Astana qal’alari barpo etiladi. 1886-yil Qozog‘istonning butun hududi Rossiyaning Turkiston provinsiyasiyaga kiritiladi. 1917-yil noyabrda Ali Xon Bukey Qozog‘istonni mustaqil davlat deb e’lon qiladi va milliy davlatga asos soladi. Lekin 1919-yilda Qizil Armiya mamlakatni bosib olib, 1920-yilda Sovet avtonom respublikasi, 1936-yildan boshlab Qozog‘iston Sovet Sotsialistik Respublikasi deb e’lon qilinadi. 1991-yil SSSR tarqalganidan keyin Qozog‘iston mustaqil davlatga aylanadi.