DAYR UZ-ZUR

DAYR UZ-ZUR (Arabcha Firib monastiri) — Suriya Arab Respublikasi sharqidagi shahar. Dayr uz-zur muhofazasining ma’muriy markazi. Furot daryosining o’ng sohilida, Halabdan Iroqqa boruvchi avtomobil yo’li ustida. Aholisi 133 ming kishi (1994). Savdo-transport punkti. Paxtachilik r-nining markazi. Aeroport, issiqlik elektr stansiyasi va shakarqand zavodi bor.