DAKTILOGRAFIYA

DAKTILOGRAFIYA (Yunoncha daktilo… va …grafiya) — barmoqlar yordamida ifodalanadigan yozuv. Savodi bo’lgan kishining kar yoki kar-ko’rlar bilan daktilologiya, Brayl shrifti, imo-ishora tili kabi usullardan tashqari yordamchi muomala qilish vositasi. Kar, kar-ko’r bilan muloqot qilishda so’zlar oddiy harflar bilan qo’l kaftiga barmoqlar yordamida yoziladi. Agar kar, kar-ko’r kishining og’zaki nutqi rivojlanmagan bo’lsa, u ham o’z fikrini suhbatdoshining qo’l kafti yoki boshqa tekis sath (stol usti, kitob mukrvasi, taxta va boshqalar)ga barmoqlari bilan yozib ifoda etadi.