DAKTILOSKOPIYA

DAKTILOSKOPIYA (Yunoncha daktylos -barmoq, skopeo — qarayman) — qo’l barmoqlari uchidagi teri izlariga qarab, shaxsni aniqlash usuli. Bu izlar ariqcha va do’ngalak shaklidagi nozik chiziqlardan iborat bo’lib, yoysimon, sirtmoqli va gajakdor naqshlar hosil qiladi. Ular har bir shaxsda o’ziga xos, boshqalarda qaytarilmaydigan, umrbod o’zgarmaydigan, zararlansa qayta tiklanadigan xususiyatlarga ega. Daktiloskopiyadan bir yarim asrdan buyon deyarli barcha mamlakatlarda jinoyatchilarni ro’yxatga olish va qidirib topish vositasi sifatida foydalaniladi.