DALA TARIXI DAFTARI

DALA TARIXI DAFTARI, temir daftar, almashlab ekish dalalari tarixi daftari — xo’jalikning agroishlab chiqarish hujjati; almashlab ekishdagi har bir dalaning tarixi va xo’jalikning dehqonchilik madaniyatida erishgan yutuqlari aks etadi. Daftarda jami yer fondi maydoni, ekin maydonlari tarkibi, tuproqlar tasnifi, tuproqni ishlash usullari, o’g’itlash tizimi kabi ma’lumotlar yilma-yil qayd etib boriladi. Daftar dehqonchilikni ilmiy asoslangan usulda olib borilishini nazorat qilish imkoniyatini beradi.