DALVARZIN KANALI

DALVARZIN KANALI — Sirdaryoning o’ng sohilidagi sug’orish kanali. Asosiy shoxobchalari bilan (Sul, o’ng, Xasyoz) birgalikdagi uzunligi 67,5 kilometr, shundan magistral kanal uzunligi 11,5 kilometr. Suv o’tkazish imkoniyati 45 metr kub/sekund. 1930 yilda qurilgan. Sug’orish maydoni 53,2 ming gektar, shundan 33,2 ming gektar O’zbekistonda (Toshkent viloyati), 20 ming gektar Tojikistonda. Kanalga suv Farhod GESning yuqori b’efidan o’zi oqib chiqadi. Dalvarzin kanali asosan pastham joylar buylab qazilgan. Dalvarzin kanalining o’ng shoxobchasi O’zbekiston va Tojikiston chegarasi bo’ylab, Janubdan shimolga qarab oqadi. 1929-30 yillarda qurilgan. Uzunligi 35 kilometr. Suv o’tkazish imkoniyati 18 metr kub/sekund. Sul shoxobchaning uzunligi 21 kilometr. Boshlanish qismida (2 kilometr) suv o’tkazish imkoniyati 26 metr kub/sekund, undan quyida 16 metr kub/sekund.