Nayzabaliq issiq va mo’tadil sovuq suvli dengizlarda yashaydi. Unga sinchiklab qarasangiz, nomi qayerdan olinganiga hayron qolmaysiz. Old jag’i nayzadek uchli bo’lgan bu baliq ham o’zining vahimali qurolidan unumli foydalanadi. U ko’p bor qayiqlarning tagini teshishga muvaffaq bo’lgan. Nayzabaliq eng yirik dengiz baliqlari sirasiga kiradi. Bo’yi 5 metrgacha keladi, og’irligi esa 500 kilogramm tosh bosadi. Nayzasining uzunligi 1 metrga borib qoladi. U yirtqichdir, o’zidan kichik baliqlarni yeb kun kechiradi. G’alati narsalarni tutishga ishqiboz baliqchilar orasida u e’tiborga ega. U bir soatda 80-100 chaqirim masofani bosib o’tadi. Yuzaki qarasangiz, uni arrabaliq bilan adashtirib qo’yishingiz mumkin. Lekin u akulalar oilasiga mansub bo’lib, har ikki tomonida arratishlari bor. U nayzabaliqdan katta va og’ir keladi. Bu baliqni fransuzlar qadimiy, uzun va enli nayza nomi bilan — espadron atashadi. U g’oyat og’ir bo’lganidan ikki qo’l bilan ushlab turishgan. Bu nayzani salib yurishlari davrida ritsarlar bellariga osib yurishgan.

Kislorod nimadan tashkil topgan?

Sigirlar zinadan tusha oladimi?

Sharpalar oroli haqida bilasizmi?

Dumsiz mushuklar haqida bilasizmi?

Futbol hakami oʻziga qizil kartochka bera oladimi?

Jek — temiryoʻl signalchisi boʻlib ishlagan maymun haqida bilasizmi?

Hurishni bilmaydigan it haqida bilasizmi?

Nega baʼzi hayvonlar qishki uyquga ketishini bilasizmi?

Nega xoʻroz ertalab qichqiradi?
