DO’SHAKAYEV SHOMUROD

DO’SHAKAYEV SHOMUROD (1871-1952) — o’ymakor usta, Qo’ng’irot va Shumanay yog’och o’ymakorligi maktabining yirik vakili. Usta Do’shaka oilasida tug’ilgan. O’ymakorlikni otasidan o’rgangan. Do’shakayev yaratgan buyumlari naqshlarga boyligi, go’zal va soddaligi bilan ajralib turadi. U «Qo’chqor muguz», «aylanma muguz» va boshqa turli-tuman shakldagi naqshlar bilan bezagan panjara (yerganak), sandik (Arja), aravaning old taxtasi, ustun va boshqa buyumlar mashhur. Do’shakayev yaratgan buyumlardan namunalar respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.