DARVIN (DARVIN) CHARLZ ROBERT

DARVIN (DARVIN) CHARLZ ROBERT (1809.12.2, Shrusberi shahri — 1882.19.4, London yaqinidagi Daun qishlog’i) — ingliz tabiatshunosi, hayvon va o’simlik turlarining tabiiy tanlanish yo’li bilan kelib chiqqanligi haqidagi evolyutsion ta’limot asoschisi. «Bigl» kemasida tabiatshunos sifatida dunyo sayohatiga chiqib (1831-36), zoologiya, botanika, geologiya, paleontologiya, antropologiya va etnografiya sohasida kuzatishlar olib bordi. Shu kuzatishlar asosida biol. va amaliy selektsiyaning zamonaviy yutuqlariga asoslanib organik dunyo evolyutsiyasining asosiy omillarini ochib berdi. Darvin «Turlarning kelib chiqishi» asarida hayvon va o’simlik turlarining kelib chiqish, rivojlanish sabablarini va atrof muhitga moslanishini tahlil qildi. «Odamning paydo bo’lishi va jinsiy tanlanish» asarida (1871) odamning maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqanligining biologik va ijtimoiy shart-sharoitlarini ilgari surdi.