DARVISH MAHMUD

DARVISH MAHMUD (1941.13.3, Akka shahri yaqinidagi Barva qishlog’i) — falastinlik Arab shoiri, jamoat arbobi, jurnalist. Yoshligi Xayfada o’tgan. Falastin xalqi ozodligi haqidagi she’rlari uchun isroillik tajovuzkorlar tomonidan bir necha bor qamalgan. 1971 yilda vatanidan chiqib ketishga majbur bo’lgan. Qohira, Bayrutda yashagan. Ijodi asosan Vatan ozodligi uchun kurash mavzuida («Qanotsiz qushlar», «Zaytun barglari», 1961; «Falastinlik oshiq», 1966; «Tunning oxiri», 1969; «Odatdagi g’amgin kunlar», 1973; «Ovoz», 1980 va boshqalar). She’rlari o’nlab xorijiy tillarga, jumladan, o’zbek tiliga ham tarjima qilingan. Darvish «Nilufar» xalqaro adabiy mukofoti laureati (1969).