DARVISH AHMAD QONUNIY

DARVISH AHMAD QONUNIY (15 asr, Samarqand) — sozanda (qonun, chang, rubob), xonanda, bastakor. Mashhur Hofiz kichik, Sulton Ahmad Noyi kabilar bilan birga ko’proq Xo’ja Ahror yiginlarida ijod etgan. Mashqlari Samarqand musiqa shinavandalariga kuchli ta’sir qilgan. Xalq sayillarida faollik ko’rsatgani uchun Xo’ja Ahror tomonidan qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlangan.