DYURKXEYM (DURKHEIM) EMIL

DYURKXEYM (DURKHEIM) EMIL (1858.15.4, Epinal — 1917.15.11, Parij) — frantsuz sotsiologi, frantsuz sotsiologik maktabi asoschisi. Individual-psixologik va biologik yo’nalishlarga qarshi chiqqan, jamiyatga individlar majmui bo’lmagan reallik deb qaragan. Ayni vaqtda jamiyatda «kollektiv ong»ning hal qiluvchi rolini alohida ko’rsatgan. Mehnat taqsimotini ijtimoiy birdamlikning asosi deb hisoblab, ijtimoiy nizolarni jamiyat illati deb talqin qilgan. Asosiy asarlari: «ijtimoiy mehnat taqsimoti haqida» (1893), «O’z-o’zini o’ldirish» (1897), «Diniy hayotning oddiy shakllari» (1912).