DAROMAD

DAROMAD — keng ma’noda kirim bo’lgan har qanday pul mablag’lari yoki pul qiymatiga ega bo’lgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy sub’yekt uz faoliyati natijasiga kura oladigan pul va tovar — moddiy tushum. Daromad pul va moddiy shaklga ega bo’lib, ularning yig’indisi jami Daromadni hosil qiladi. Daromad egalik nuqtai nazaridan aholi Daromadi, korxona (korporativ) Daromadi va davlat Daromadiga bo’linadi. Aholiga tegadigan Daromad ish haqi, foyda, foiz, renta, dividend shakllariga ega.

DAROMAD (musiqada) — 1) muqaddima, debocha, umuman asarning bosh qismi, bo’lagi; 2) maqom sho»basi, shuningdek, uning shakliga mutanosib cholg’u va ashula asarlarining 1-boshlangich tuzilmasi, xati. Sarxat deb ham yuritiladi; 3) maqom sho’balari orasidagi ba’zi suporishlar. Ular navbatdagi sho»ba uchun muqaddima hisoblanadi. Masalan, Daromadi Nasri Ushshoq, Daromadi Dugohi Husayniy va hokazolar.