DASTGOH

DASTGOH — 1) ishlanadigan buyumlarni mahkam ushlab turadigan moslamalar, ba’zan esa mexanizasiyalashgan asboblar va boshqa kerak-yaroqlar bilan jihozlangan ish stoli. Chilangarlik, duradgorlik, tunukachilik va boshqa Dastgohlar bo’ladi; 2) stanogning eski nomi.

DASTGOH — haykaltaroshlikda dumaloq yoki murabba shaklda aylanadigan taxta tagligi bo’lgan uch oyoqli yog’och moslama. Haykaltarosh ishlashi jarayonida Dastgoh ustiga haykal qobirg’asi o’rnatiladi.