DURMUSOG’LU EFIMOS XURMUZOS
DURMUSOG’LU EFIMOS XURMUZOS (1917.7.11, Gretsiya — 1976.31.12, Toshkent) — kino reissyor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1975). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1955). «O’zbekfilm»da (1956-65), O’zbekiston ilmiy ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida (1965-76) rejissyor. Filmlari: «Vatanim, seni o’ylab», «Cho’l haqida qissa», «Quyoshli O’zbekiston», «Vengriyadagi uchrashuvlar», «O’zbekistonning o’simlik va hayvonot dunyosi» va boshqalar.