DASTURXON
DASTURXON — 1) taom tanovul qilish uchun to’shaladigan maxsus mato; 2) turli taom, meva-cheva va noz-ne’mat tuzab qo’yilgan stol; 3) to’y, bayram va boshqa mehmondorchilikka mehmon olib boradigan sovg’a, taom. Masalan, palov tayyorlash uchun zarur masalliq, ya’ni oshning xomi; somsa, qand qurs, patir, qatlama, non va boshqalar.