DAUN KASALLIGI
DAUN KASALLIGI — tug’ma oligofreniyanmng bir shakli, bunda boladagi aqli norasolik bilan birga uning tashqi qiyofasi ham o’ziga xos ko’rinishda bo’ladi. Daun kasalligini birinchi bo’lib ingliz vrachi L. Daun tavsif etgan (1886). Kasallik irsiy tabiatga ega bo’lib, kam uchraydi; bunga asosan xromosoma to’plamida ortiqcha xromosomalar bo’lishi (21-juft) sabab bo’ladi, shuning uchun ham ba’zan kasallik trisomiya deb yuritiladi. Daun kasalligiga yo’liqqan bolalar nafaqat ruhiy, balki jismoniy jihatdan ham zaif va turli infektsion kasalliklarga moyil bo’ladi. Bemorlarni asosan mehnat bilan davolash, maxsus maktablarda o’qitish lozim.