DENGIZ BODRINGLARI

DENGIZ BODRINGLARI, dengiz ko’zachalari, goloturiyalar (Holoturoidea) — ninaterililar tipiga mansub sinf. Tanasi ko’pincha bochkaga o’xshash yoki chuvalchangeimon, uzunligi bir necha millimetrdan 2 metrgacha, ko’pchilik turlari tanasi sirtida har xil o’simtalar (paypaslagichlar, oyoqchalar, Papillalar, yelkan va boshqalar) bo’ladi. Tanasi yumshoq teri bilan qoplangan. Terisida har xil mikroskopik ohak skelet plastinkalar, ya’ni spikulalar mavjud, ba’zan terisi yoppasiga ohak plastinkalar bilan qoplangan bo’ladi. Og’zi tanasining oldingi tomonida joylashgan paypaslagichlar bilan o’ralgan. Ko’pchilik turlari xavf tugilganida ichki organlarini tanadan tashqariga chiqarib tashlash (evisseratsiya) yoki tanasining keyingi qismini uzib tashlash (avtotomiya) xususiyatiga ega. Tananing yo’qolgan qismi yana qaytadan tiklanadi. 5 turkumi 11000 ga yaqin turi ma’lum. Barcha okean va dengizlarda tarqalgan. Detritofaglar, tuxumini suvga qo’yadi. Tuxumdan aurikulyariya va doliolyariya lichinkalari chiqadi. Ayrim turlari ovlanadi.