DONESK KRYAJI
DONESK KRYAJI — Sharqiy Yevropa tekisligining Janubdagi qir. Ukrainaning Janubi-sharqi va Rossiya Federatsiyasining g’arbiy qismida. Shimolda Severskiy Dones vodiysiga tik tushgan. Uzunligi 370 kilometr, eni 120 kilometr. Donesk kryaji asosan toshko’mir davri qumtoshlaridan, slanes va ohaktoshlardan tarkib topgan. Eng baland joyi 367 metr (Mogila-Mechetnaya tepaligi). Karst relef shakli ko’p. Donesk kryaji dasht zonasida joylashgan. Suvayirg’ichlari to’lqinsimon tekislik bo’lib, haydalib ekin ekiladi. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -6° dan -8° gacha, iyulniki 20,9—22,9°. Yillik yog’in 556 millimetr (g’arbida). Donesk kryaji chekkalarida qoratuproq, markazida sur tusli podzollashgan tuproq tarqalgan. Donesk kryaji hududida Donesk ko’mir havzasining bir qismi, rangli metall rudasi konlari bor.