Mavjud qushlar orasida eng yirigi umuman ucholmaydi. Bu Afrika tuyaqushidir. Uning bo’yi 2,5 metr, og’irligi 135 kilogramm keladi. Bunday qushning havoga ko’tarilishi juda mashaqqatlidir. Uchadigan hqushlar orasida ikkitasining: albatros (tumshug’i uzun katta dengiz qushi) va Kondor (Janubiy Amerikada yashaydigan o’limtikxo’r yirtqich qush)ning qanotlari eng keng yoyiladi. Voyaga yetgan qushlarning og’irligi 13 kilogramm atrofida bo’ladi. Sayohatchi albatros uchadigan qushlar orasida birinchi o’rinda turadi. Ular qanot qoqqanda 3,5 metrdan oshadi. Kondorniki 3,5 metrga yetadi. Undan keyingi o’rinda Janubiy Amerika, Meksika va Markaziy Amerikada yashaydigan shoh qoraqushi turadi. Uning qanotlari silkinganda 3 metrga borib qoladi. Katta qushlarning navbatdagisi oq saqoqushdir (qanotlari 2,5 metrdan oshih yoziladi), u Kanadada va Amerikaning Janubiy shtatlarida yashab, qishda boshqa sohillarga uchib ketadi. G’ozsimon ulkan parranda — katta tuvaloq turnalarga avloddoshdir. U Yevropa, Osiyo va Afrikada yashaydi, qanotlari yoyilganda 2,5 metrdan oshadi. Undan keyingi o’rinni toz va oltin burgutlar egallaydi. Undan so’ng turna (yoyilgan qanotlari bilan hisoblaganda 2 metr). Pushti saqoqush va sor ham taxminan mana shunday kattalikdadir.
                         
                     
                    Chang’aroq nimani anglatishini bilasizmi
                         
                     
                    Chanoq nimani anglatishini bilasizmi
                         
                     
                    Changlanish, o’simliklarda nimani anglatishini bilasizmi
                         
                     
                    Changlamoq nimani anglatishini bilasizmi
                         
                     
                    Changlagich nimani anglatishini bilasizmi
                         
                     
                    Changitkich nimani anglatishini bilasizmi
                         
                     
                    Changitish nimani anglatishini bilasizmi
                         
                     
                    Chan nimani anglatishini bilasizmi
                         
                     
                    Chamalamoq nimani anglatishini bilasizmi
                         
                     
                    
