DOLIMOV SUBUTOY

DOLIMOV SUBUTOY (1907.23.1 — Toshkent — 1991.24.5) — adabiyotshunos-pedagog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1967). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1939). Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim, sho’ba mudiri (1943-57). ToshDU da o’qituvchi (1957-62), dotsent (1963 yildan). Oliy va o’rta maktablar uchun darslik («Vatan adabiyoti», 1965) va uslubiy qo’llanmalar («O’zbek adabiyoti tarixini o’qitish metodikasi», 1976; «adabiyot o’qitish metodikasi», 1978) muallifi. Ogahiy (G’. Karimov bilan hamkorlikda), Almaiy, Lutfiy («gul va Navro’z»), Gulxaniy («zarbul-masal») asarlarini, folklorga oid «keng uyning kelinchagi»ni (1976) nashrga tayyorlagan. «Qobusnoma»ni o’zbek tiliga tarjima qilgan (1986). As: umr saboqlari, T., 1982.