DENGIZ RAKETA QUROLLARI

DENGIZ RAKETA QUROLLARI — dengiz jangida qo’llaniladigan raketa qurollari. Ular uzoq masofaga uchib borish xususiyatiga va kuchli portlash quvvatiga ega bo’ladi. Taktika-texnika jihatidan reaktiv snaryadlar, boshqariladigan va boshqarilmaydigan reaktiv snaryadlar, ballistik raketalarta bo’linadi. Bu qurollar dengiz, havo va dengiz qirg’oqlaridagi hamda olisdagi nishonlarga otish uchun ishlatiladi. To’rt sinfga bo’linadi: «yer — yer», «Yer — havo», «havo — havo» va «havo — yer». «Yer — yer» sinfidagi snaryadlar yer yoki dengizdagi nishonlarga yerdan yoki kemalardan uchiriladi. «Yer — havo» snaryadlari qavodagi nishonlarga yerdan yoki kemadan uchiriladi. «Havo — havo» sinfidagi snaryadlar samolyotlardan qavo nishonlariga otiladi. «Havo — yer» sinfidagi snaryadlar samolyotdan dengizdagi yoki yerdagi nishonlarga uchiriladi.