DIFFUZIYA

DIFFUZIYA (lotincha diffusio — singish, tarqalish) — molekulalar, atomlar, ionlar va kolloid zarralarning tar-tibsiz issiklik harakati natijasida bir moddaning ikkinchi moddaga o’z-o’zidan o’tishi, birining ikkinchisiga singib ketishi. Diffuziya gaz, suyuklik yoki qattiq jismlarda bo’ladi va tezligi moddaning zichligi va qovushoqligi, temperatura, diffuziyalanuvchi zarraning tabiatiga va hokazolarga bog’liq. Temperatura ko’tarilishi bilan Diffuziya tezlashadi. Bir aralashmali sistema (bir modda) dagi Diffuziya o’z diffuziya, ko’p aralashmali sistema (gaz, suyuq yoki qattiq eritmalar) dagi Diffuziya geterodiffuziya deyiladi. Fan va texnika sohalarida Diffuziya ning ahamiyati katta; kimyoda Diffuziya usuli erigan moddaning molekulyar og’irligini aniqlashda qo’llaniladi. Biologiyada oziq moddalarning so’rilishi va yutilishi hamda moddalar almashinuv mahsulotlarining chiqib ketishida Diffuziyaning ahamiyati bor. Texnikada terini oshlash, gazlamani bo’yash, metallarni tsementlash va azotlash, metallarda himoya qoplama hosil qilishda qo’llaniladi. Geologiyada Diffuziya moddalarning quyuqdan suyuqqa, issiqdan sovuqqa, namdan quruqqa tarqalishiga aytiladi. Foydali qazilma konlarini izlashda Diffuziyaning roli juda muhim. Diffuziya natijasida konlar bor joylarda rudalarni birlamchi va ikkilamchi areal (joy) lari hosil bo’ladi. Bular o’z navbatida ma’dan konlarini qidirishda asosiy omillardan hisoblanadi. Fizikada molekulalar (atomlar) Diffuziyasidan tashqari o’tkazuvchanlik elektronlari, kovaklar, neytronlar va boshqa zarralar Diffuziyasi ham o’rganiladi.