DIAPOZITIV
DIAPOZITIV (qua… va lotincha positivus — musbat) — shaffof asos (shisha plastinka yoki plyonka) ga tushirilgan oq-qora yoki rangli fotografik tasvir. Uni epidiaskop bilan ekranga tushirish yoki yoriqqa tutib ko’rish mumkin. Odatda, fotoplastinka va fotoplyonkaga tushirilgan Diapozitiv ko’p tarqalgan, u o’quv maqsadlarida, ilmiy anjumanlarda turli tasvirlarni namoyish qilish uchun ishlatiladi. Bir mavzuni ifodalovchi bir necha Diapozitiv diafilm deb ataladi.